Toriy reaktorlari yadro energetikasini almashtirishi mumkun edi.
“Tasavvur qiling butun yer yuzi toriy reaktoridan energiya olmoqda” bu so’zni Kirk Sorensen o’z “Toriy energetikasi” nomli blogida yozgan edi 2006 yili.
Kirk Sorensen va boshqa olimlarning aytishicha reaktorlarni qurishda odatiy materiallardan emas ya’ni uran va plutonlar emas balki toriy elementidan foydalanish kerak emish. Lekin bu tehnalogiya qattiq uran va plutoniylar kabi rivojlanmagan bo’lsada, keyinchalik Yaponiyaning Fukusima shaharchasidagi vaziyat vujudga kelmasligini oldini olardi. Shuni aytib o’tish kerakki Toriy reaktorlari Yadro reaktorlariga qaraganda kamroq radioktiv chiqindi chiqarar ekan.
Kirk Sorensen hozirgi paytda Alabama shtatining Huntsville shahridagi Teledyne Brown Engineering nomli yadro firmasida bosh tehnolog bo’lib ishlaydi. Uning aytishicha: “Toriy reaktorlarining afzalliklari uning havfsizligida”. Hozirda keng qo’lamda yadro energetikasida ishlatilib kelayotgan Uran-235 yoqilg’isiga nisbatan, Toriy reaktorlarini faqat u emas balki butun dunyo olimlari qo’llashadi.
“Albatta toriy reaktorlarida bir necha muammolar mavjud va u yadro reaktorlari kabi quvat bera olmaydi lekin afzalligi uning ob havo ozgarishiga, sovutish tizimini boshqarish juda onson va qulay yadro reaktorlariga nisbatan” deydi Roger Barlow, Buyuk britaniyaning Manchester universitet olimi. Nima bo’lganda ham toriya reaktorlari atom elektrostansiyalarini hafsizligini taminlashda o’ylab topilga usullardar biridir.
Toriya reactor kamerasining asosi bir necha yuz gradus qizdirilgan toriya va suyultirilgan tuz aralashmasidir. Toriyaning o’zi radioktiv emas, yadro reaksiyasi hosil bo’lishi uchun unga Uran-233 qo’shiladi. Kamerada reaksiya boshlanganda toriya U-233 ga aylanishni boshlaydi, netronlar ajrala boshlaydi va issiqlik ajraladi, deydi Kirk Sorensen. Kameradagi yoqilg’i sovutiladi va undan chiqqan issiqlikni turbina va elektro-energiya ishlab chiqarish sarf qilsa bo’ladi.
Reaktorda suv qatnashmasligi sabab, portillash havfi juda kamdir. Yaponiyada sovutish tizimidagi nosozligi tufayli suv pari ajralib, undagi vodorodlar portillashni vujudga keltirgan.
Suyuq yoqilg’i radioktiv chiqindilarni kamaytiradi. Standart uran reaktorlarida uran sterjenlari bo’ladi. Sterjinlar vaqt o’tishi bilan, radioktiv chiqindi sterjin qobig’ida yoriq hosil bolishiga olib keladi va o’z-o’zidan radioktiv nurlar tashqariga chiqishni boshlaydi. Toriya reaktorining qulayligi esa radioktiv moddalar suyuq yoqilg’iga hech qanday ta’sir o’tkaza olmaydi. Yana bir qulayligi suyuq tuz yoqilg’isining yonmasligidadir, uran qattiq sterjinlarini olsak ular yorilsa radioktiv tutun chiqarishni boshlaydi.
Tariya reaktorining noqulayligi uning karroziyaga tez uchrashidir. Shuning uchun reaktorga mahsus metal kerakdir. “Ridge National” labaratoriyasida 1965 yildan 1969 yilgacha “Hastelloy N” nomi bilan ataluvchi metalni karoziyaga sinashgan. Bu mahsus metal ham ilmiy tajriba yakun topgunicha karoziyani ushlab turolmadi. Bundan tashqari tariya reaktori radioktiv moddalarni ohirgacha ishlata olmaydi, standart reaktorlar kabi. Shuning uchun baribir o’zini kuchini yo’qotmaydigan radioktiv chiqindilarni saqlash skladlari kerak bo’ladi.
Texas shtatining Station kolej qoshidagi A&M University yadro-muhandisi Pavel Tsvetkov aytishicha tariya reaktorining barcha afzalliklarini hali yahshlab tajribalarda o’rganilib, isbotlash kerak deydi.
2010 yilda evropa energetika markazining Evrotom bo’limiga Evol nomi berilgan loyihaga 1 milion evro ajratgan. Bu loyihada suyuq ftor tuzini reaktorlarda ishlatish mumkunligini isbotlash maqsadida 2011 yil ohirlarigacha tajribalar olib borilmoqda.
Bu loyihada qatnashvotgan Elsa Merle-Lucotte aytishicha biz tajriba o’tkazvotgan paytda Xittoy yanvar oyida toriya loyihasini elon qildi. Bundan tashqari Xindiston mamlakatida toriya reaktori juda ko’p sinalgan va ularda uran tanqisligi sababli toriya reaktorini rivojlantirish harakat qilmoqda deydi.